Azim Isabekov Qirg'izistonning yangi bosh vaziri etib tasdiqlandi


Qirg’iziston parlamenti mamlakat bosh vaziri lavozimiga Azim Isabekov nomzodini tasdiqlagan.

Azim Isabekov 2006 yilning dekabr’ oyida iste’foga chiqqan bosh vazir Feliks Qulov hukumatida Qishloq Xo’jaligi vaziri lavozimida ishlagan.

Deputat Qodirjon Botirovning aytishicha, parlament a’zolari yangi bosh vazirning siyosiy o’yinlar bilan emas, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradigan amaliy ishlar bilan shug’ullanishiga umid qilmoqdalar.

Prezident Qurmanbek Bakiyev avvalroq bosh vazir lavozimi uchun ikki marta sobiq bosh vazir Feliks Qulov nomzodini taklif qilgan, ammo deputatlar taklifni rad qilgan edilar.

Yangi hukumat shakllanishi bilan, Qirg’izistonda 2005 yil mart oyida yuz bergan “lola inqilobi” to’lqinida shakllangan Bakiyev-Qulov tandemi buzilgan.

XS
SM
MD
LG