Almatovni Germaniya sudiga tortishga yana bir harakat qilinmoqda


Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkilotiga ko’ra, O’zbekistonda qiynoqlarga solingan ayrim odamlar va Andijondagi voqealar jabr-diydalari Germaniya federal prokurori qaroriga qarshi appelyatsiya bergan.

Ma’lumki, 2005 yil dekabr oyida bir guruh o’zbekistonliklar Germaniya adliyasidan O'zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatovga qarshi ish ochishni talab qilgan edilar. Biroq Germaniya bosh prokurori da’voni qabul qilmagan va Almatov Germaniyaga muolaja uchun borganda ham unga qarshi chora ko’rmagan.

O’tgan hafta da’vogarlar manfaatlarini himoya qiluvchi germaniyalik yurist Volfgang Kalek (Wolfgang Kaleck) Shtutgartdagi oliy regional sudga appelyatsiya bergan.

Germaniya qonunlariga ko’ra, mamlakat tashqarisida ham og’ir jinoyatlarga qo’l urgan chet-el fuqarolari Germaniyada sud qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG