AQSh Markaziy Osiyoni iqtisodiy islohotlarga chaqirmoqda


AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga jahon bozorlariga chiqishi uchun yangi aloqalar o’rnatishga ko’maklashmoqchi.

AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati muovini Evan Feygenbaumning (Evan Feigenbaum) aytishicha, AQSh mintaqada iqtisodiy integratsiyani targ’ib qilmoqda.

"Markaziy Osiyoga savdo va sarmoya imkoniyatlarini yaratish, energetika loyihalari, dengiz portlariga yo’l ochish va jahon bozorlariga chiqishga yordamlashamiz", - deydi janob Feygenbaum.

"Mintaqada mustaqil va kuchli, AQSh va uning ittifoqchilariga hamkor bo’la oladigan davlatlar bo’lsin", - deydi AQSh rasmiysi. U mintaqa shunchaki xorijiy davlatlar raqobat qiladigan joy degan bayonotlarni inkor etadi.

"AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati hech kimga qarshi qaratilmagan, mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan birdek hamkorlik qilamiz",- deydi janob Feygenbaum.

Mintaqa davlatlari orasida erkin savdo-sotiqqa va iqtisodiy integratsiyaga to’sqinliklik qilayotgan muammolardan biri sifatida chegaradagi cheklovlar, jumladan boj to’lovlarining turlicha ekani va transport xarajatlarining qimmatligi qayd etiladi.

Osiyo Taraqqiyot Banki ma’lumotlariga ko’ra, xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyo transport, energetika va savdo sohalariga 2006-2007 yillarda jami 1.5 milliard dollar yordam ko’rsatyotgan.

"Birinchi navbatda savdo va chegara to’siqlarini olib tashlash, ikkichidan qo’shni davlatlar bilan yaqinroq hamkorlik qilish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish kerak", - deydi AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati muovini Evan Feygenbaum.

AQSh mintaqadagi har bir davlat Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini istaydi, deydi Feygenbaum. Hozida tashkilotga faqatgina Qirg’iziston a’zo.

XS
SM
MD
LG