Fulbright dasturi haqida bilasizmi?


AQShning sobiq senatori Uilyam Fulbrayt (William Fulbright )nomidagi ta’lim dasturi amerikaliklarga xorijda, chet-ellik mutaxassislarga esa AQShda o’qish, o’qitish va izlanish imkonini beradi.

Fulbrayt dasturiga turli yo’nalishlar bo’yicha qatnashish mumkin.

O’zbekiston fuqarolari tadqiqotchi yoki til o’rgatish bo’yicha muallim yordamchisi sifatida qatnashish imkoniyatiga ega.

Tadqiqotchilar uchun Hubert H. Humphrey stipendiyasiga tanlov 2007-2008 o’quv yili uchun aprel oyida e’lon qilinadi.

Til o’rgatishga qiziqqan mutaxassislar esa Foreign Language Teaching Assistant Programning bu yilgi tanloviga hali ham hujjat topshirishlari mumkin. Hujjatlar 2007 yil 15 fevralga qadar qabul qilinadi.

Biroq yuqoridagi yo’nalish ishtirokchilari Amerikada biror ilmiy daraja, jumladan bakalavrlik, magistrlik yoki doktorlikka erishmaydi.

Agar maqsadingiz ilmiy daraja olish bo’lsa, Fulbrayt boshqa imkoniyatlar ham taklif qiladi.

Bu borada foydali ma’lumotlarni www.fulbrightonline.org yoki AQShning Toshkentdagi elchixonasidan olishlari mumkin.

2006-2007 o’quv yilida qator davlatlar, jumladan, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Afg’onistondan salkam 300 nafar mutaxassis Fulbright dasturining grantiga sazovor bo’lgan.

Har yili kamida olti ming kishiga grant beriladi. Barcha xarajatlar Qo’shma Shtatlar hukumati tomonidan qoplanadi.

Dastur shartlarini Fulbraytning internetdagi saytidan bilish mumkin. Sayt manzilini eshittirishimiz so’ngida tinglashingiz yoki Amerika Ovozining internetdagi sahifasidan topishingiz mumkin - www.amerikaovozi.com.

Fulbrightda qatnashib, Amerikaga kelgan o’zbekistonlik mutaxassis bu yerdagi talabalarga o’zbek tilini o’rgatish bilan birga, O’zbekiston madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti va o’ziga xos jihatlarini tanishtiradi.

Bu borada tajribaga ega suhbatdoshimizning aytishicha, amerikalik talabalar Markaziy Osiyo haqida ancha keng va batafsil ma’lumotga ega.

Fulbrayt dasturida qatnashishni xohlovchilar diqqatiga. Milliy musiqa asboblarida chalish, milliy taomlar va pazandachilik, yetakchilik, notiqlik, ichki siyosatdan boxabar bo’lish, ingliz tilini mukammal bilish va hokazolar sizning dasturda g’olib chiqish imkoniyatlaringizni oshiradi. Aytganday, ishtirokchi TOEFL yoki IELTS kabi AQShda bilim olish uchun maxsus test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishi zarur.

Shu bilan birga xorijlik mutaxassis AQSh an’analari, bu yerdagilarning dunyoqarashi haqida ma’lumot oladi va muayyan fanlar bo’yicha dars olishi mumkin bo’ladi.

Demak, Fulbrayt dasturi haqida ma’lumot bayot etilgan internet manzillari:

www.fulbrightonline.org yoki AQShning O’zbekistondagi elchixonasi -www.usembassy.uz. Yoki internetdagi ixtiyoriy qidiruv tizimiga kirib, Fulbrayt so’zini kiritib, ma’lumot to’plash mumkin.

AQShda bilim olishga qiziqqanlar savollarni uzbek@voanews.com ga yo’llashi mumkin.

XS
SM
MD
LG