Qirg'izistonda davlat tili parlament muhokamasida


Qirg’iziston parlamentida “Davlat tili to’g’risida”gi qonunga bir qator tuzatishlar kiritish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda. Bu masalani o’zbek millatiga mansub deputat Qodirjon Botirov kun tartibiga kiritgan.

Qirg’iziston parlamenti deputati Qodirjon Botirovning aytishicha, sobiq Ittifoq davrida fuqarolar davlat idoralariga o’z ona tillarida ariza bilan murojaat qilishlari mumkin bo’lgan. Ammo mustaqillikdan keyin bu me’yor o’z-o’zidan yo’qolib qolgan.

Deputatga ko’ra, “Davlat tili to’g’risida”gi qonunga kiritilishi rejalashtirilayotgan tuzatishlar Qirg’iistonda yashayotgan barcha millat vakillariga o’z ona tilida davlat idoralariga murojaat qilish huquqini beradi.

Eslatib o’tamiz, Qirg’izistonda qariyb 1 million o’zbek yashaydi. Bu mamlakat aholisining 20 foizi demak. Qirg’izistonda qirg’iz tili davlat tili, rus tili esa, rasmiy til maqomiga ega.

XS
SM
MD
LG