Andijon voqealari bo'yicha yana bir sud jarayoni boshlandi


Andijonda 2005 yilgi fojeaga aloqadorlikda ayblanayotgan muxolifat a`zosi Isroiljon Xoldorov ustidan sud jarayoni boshlangan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Isroiljon Xoldorov aksilkonstitutsiyaviy harakatda, Andijon fojealari haqida yolg’on ma’lumot tarqatganlikda, shuningdek davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tganlikda ayblanmoqda.

Isroiljon Xoldorovning o’g’li Abdug’ofur Xoldorovning ta’kidlashicha, uning otasi 2005 yil 13 maydagi Andijon fojealaridan keyin bosim ostida Qirg`izistonga chiqib ketgan. Biroq bir yil o`tgach 2006 yilning sentyabr oyida yana Andijonga ixtiyoriy ravishda qaytgan.

“O'shga chiqib ketgani uchun SNB dan kechirim so’rab borgan. O`zining aytishiga qaraganda vahimaga tushgani sabab chiqib ketgan. Shundan keyin ushlab qolishdi, tergov harakatlari boshlandi”, - deydi Xoldorovning o’g’li.

Xoldorov ustidan sud o`tgan yilning dekabr oyida boshlangan. Keyinchalik qayta tergovda ko`rilgan va Xoldorovga nisbatan qo`shimcha ayblar qo`yilgan.

Abdug`ofur Xoldorovning aytishicha uning otasi sudda o`ziga qo'yilgan barcha ayblarning asossiz ekanini dalillar asosida aytgan, biroq bu gaplarning qanchalik inobatga olinishi shubhali. Chunki Xoldorov ustudan surishtiruv o’tkazilganida bironta ham guvoh ko`rsatmalari tinglanmagan.

XS
SM
MD
LG