AQSh Afg'onistonda qo'shinlarini kuchaytirmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Bush Afg’onistonda Tolibonga qarshi yangi operatsiya amalga oshirilishini ma’lum qilar ekan, NATOga a’zo davlatlarni unda faolroq qatnashishga chaqirmoqda.

Prezident Bush qish mavsumi nihoyasiga yetib borar ekan, Afg’onistonning tog’li hududlari, ayniqsa, Hindiqush tog’larida Tolibonning faollashishi kutilayotgani aytadi.

AQSh rahbari nazarida NATO qo’shinlari himoyalanish emas, hujum strategiyasini qo’llashi lozim.

Vashingtonda qilgan nutqida Bush Afg’onistondagi 3000 kishilik AQSh askarlarining xizmat muddatini uzaytirishga va’da bergan. Ammo, dedi prezident, NATOga a’zo boshqa davlatlar ham Afg’onistonga ko’proq qo’shin jonatishi lozim.

Germaniya va Fransiya hukumatlari qo’shinlarining xavfli hisoblangan Afg’oniston janubidagi jangavor harakatlarda ishtirok etishlariga qarshi. Ular asosan muhandislik va quruvchilik kabi loyihalarda qatnashadi.

“Shimoliy Atlantika alyansi bir tamoyil asosida tashkil topgan: bir davlatga qilingan hujum, barcha davlatlarga qilingan hujum sifatida ko’riladi,” dedi Bush.

AQSh Kongressi a’zolari fikriga ko’ra, Afg’oniston barqarorligi va tinchligi uchun NATO davlatlarini faollikka jalb qilishning o’zi yetarli emas.

Entoni KordesmanVashingtondagi Strategik va Xalqaro Tadqiqotlar markazi mutaxassisi.

“Qo’ldagi bor imkoniyatdan foydalanish kerak. NATO davlatlariga bosim o’tkazmaguncha ulardan yordam ololmaymiz. Biroq bu umumiy muammoni hal qilishda samara bermasligi mumkin. Birovdan yordam kutib, qo’l qovushtirib o’tirmaslik kerak”, deydi u.

NATO mamlakatlari qo’shimcha yordam ajratish-ajratmasligidan qat’iy nazar, Bush AQSh Kongressidan Afg’onistondagi harbiy va tiklanish harakatlari uchun12 milliard dollar so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG