O'zbekistondagi iqtisodiy ko'rsatkichlar haqiqatni aks ettirmaydi


Yaqinda O`zbekiston prezidenti boshqargan va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishida prezident ta’kidlagan iqtisodiy rivojlanishga doir raqamlar, mahalliy kuzatuvchilarga ko’ra, soxta ko`rsatkichlarga asoslangan.

O`zbekiston matbuotida va televideniyesida keng namoyish qilingan prezident Islom Karimov nutqi O`zbekistonda 2006 yilda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilishi ko`paygani, aholini ish bilan ta’minlash yo`lga qo`yilgani, shuningdek rivojlanishning ustuvor yo`nalishlarini belgilashga qaratildi.

Prezident Kariov o`z nutqida aholini ish bilan ta’minlash bo`yicha 60 mingdan ortiq ish o`rinlari yaratilganini ta`kidladi, bundan tashqari aholining oylik maoshi ko`tarilganini e’tirof etdi.

Mustaqil ekspertlarga ko`ra, O`zbekistonda yalpi ishlab chiqarish hajmi o`n yillardan buyon, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning og’irlashayotganiga qarama-qarshi holda o`sib kelmoqda, prezident nutqida ta`kidlangan o`sishlar shu an`ananing davom etayotganligini bildirmoqda xolos.

Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshev fikriga ko`ra, prezidentning 60 ming ishchi o`rinlari haqidagi so’zlari shunchaki ko`rsatkich uchun yig`ilgan raqamlar.

Uning aytishicha, mahalla qo’mitalari yaqin o`n yillik davomida turli uy ishlari, pishiriq sotish, tikuvchilik bilan band bo`lgan fuqarolarning ro`yxatini yig’ib, uni bir necha barobar oshirib taqdim etgan.

“Prezident o`z nutqida yengil sanoat bo`yicha ishlayotgan 200 ga yaqin korxonaning tugatilganini ham bildirib o`tdi, agar bu korxonalarda taxminan 1000 kishidan ishlayotgan bo`lsa, 200 ming kishi ishsiz qolgan, buni boyagi raqamlarga solishtirsak vaziyat ayon bo`ladi”, deydi mutaxassis.

O`zbekistonda aynan shunday ko`rsatkichlar yaratish uchun turli choralar qo’llanilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Yaqinda Buxoro viloyatida qo`shimcha ish o`rinlarini tashkil etish maqsadida mahalliy fermerlarni bosim ostiga olgan qaror chiqarilgan. O’sha qarorga ko`ra fermerlar yer hajmiga qarab ish o’rinlarini ochishga majbur qilingan.

Buxorolik fermerlardan biriga ko`ra, gap har gektar yerga bitta ishchi o`rin yaratilishi haqida bormoqda, biroq bu narsa amalda mumkin bo`lmaydigan ish, ya’ni fermerlarda ish haqi uchun daromadning o`zi yoq.

“Ishchilarni maosh bilan ta’minlash kerak, eng kam ish haqi 12 ming so’m bo`ladigan bo`lsa, hozir bitta kuchuk olib boqsangiz ham 15 ming so`m yetmaydi, ular qul emaski bunday qilib ishlatilsa. Fermerlani o`zida puyl yoq”, - deydi u.

Uning ta’kidlashicha, fermerlar bilan o`tgan yil hosili ushun hisob-kitob haligacha qilinmagan, davlat esa fermerlardan o`ziga tegishli ulushni allaqachon olib bo`lgan.

“Fermer hosilining 80 foizi davlatga turli xarajatlar uchun o`tib ketgan, beradigan 20 fozi to`lansa fermer pul ko`rishi mumkin, lekin hozir bu ham to`lanmagan”, - deydi u.

Mahalliy kuzatuvchilardan biriga ko`ra, prezident nutqidagi o`sishlar asosan soxta ko`rsatkichlarga tayangan, president nutqidagi ko`tarinkilik O`zbekistonda kutilayotgan siyosiy voqea – prezident saylovlari bilan bog’liq bo`lishi mumkin, aslida esa O`zbekistonda qashshoqlik darajasi ortib bormoqda.

O`zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlarida ishtirok etishini bildirgan mustaqil nomzodlardan biri Jahongir Shosalimov O`zbekiston iqtisodining, jumladan qishloq xo`jaligi borasidagi siyosatning mutlaq barbod bo`lganini bildiradi.

Uning aytishicha, dehqonning sakkiz oylik zahmati evaziga yetishtirilgan paxtaga bozorda yarim kilo kartoshka ham bermaydi, bu esa paxtachilikning dehqon uchun mutlaqo samarasizligini ko`rsatmoqda.

Jahongir Shosalimov fikricha qishloq xo`jaligida dehqonlar mehnatining suiste’mol qilinishi davom etar ekan, O`zbekiston aholisining qashshoqlik darajasi ortib boraveradi.

XS
SM
MD
LG