Parranda grippi Rossiya va Laos qishloqlarida kuzatilmoqda


Moskva yaqinidagi qishloqlarda parranda grippi aniqlangan. O’tgan ikki hafta ichida kamida 150 parranda nobud bo’lgan.

Virusning Rossiyada odamga yuqqani haqida ma'lumot yo'q. Parrandalar orasida bu kasallik avval ham kuzatilgan edi.

Laosdagi bir qishloqda ham parranda grippi chiqqani haqida xabarlar bor. Mingdan ortiq parranda qirib tashlangan.

2003 yildan beri dunyo bo'ylab virusdan 167 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

XS
SM
MD
LG