Ziyolilar faollarni ozod etishni so'rab, prezidentga maktub yo'llagan


Yaqinda dunyoning ko’zga ko’ringan 30 ziyolisidan iborat guruh O`zbekiston prezidentiga murojaat yo’llab, huquq faollarining ozod qilinishini so’ragan.

Unda ayni paytda qamoqda saqlanayotgan huquq himoyachilari Mo’tabar Tojiboyeva, Umida Niyozova va Gulbahor To`rayevalarning ozod etilishi so`raladi.

Aksariyati Yevropa va Rossiyadan bo`lgan bu ziyolilar O`zbekiston prezidentiga murojaat qilar ekan, qamoqda saqlanayotgan ayollarning yosh farzandlari borligini inobatga olishni so`ragan. Shuningdek, murojaatda hatto yuqori lavozimda bo`lgan va turli xavfli jinoyatlar sodir etilgan shaxslarga nisbatan ham bu qadar qattiqqo`llik bilan munosabat qilinmayotgani ta’kidlab o`tiladi.

Huquq himoyachisi Adham Shoyimardonov fikriga ko`ra, maktub diplomatic murojaat deb qabul qilingan. Uning ozod etilishi so`ralayotgan ayollar taqdiriga qanchalik ta’sir etishi noma’lum.

Murojaatda huquq himoyachilarini avf etish so’ralgan. Biroq, deydi Shoimardonov, ular aybsiz fuqarolar.

Inson huquqlari bo`yicha Xelsinki guruhi tomonidan shu kunlarda e`lon qilingan hisobotda aytilishicha, O`zbekistonda huquq himoyachilarini maqsadli ravishda yo`q qilish siyosati yuritilmoqda.

O`zbekistonda rasman ro`yxatdan o`tgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining raisi Vasila Inoyatova huquq himoyachilariga nisbatan maqsadli bosim orqali hukumat O`zbekistondagi holatni tashqariga chiqishini istamaydi degan fikrda.

“Bundan tashqari, hukumat O`zbekiston xalqini siyosatga, siyosiy jarayonlarga aralashtirmaslik, qolaversa, ichki ahvolni tashqariga chiqarmaslikni maqsad qilgan bo`lishi mumkin”, - deydi Inoyatova.

Vasila Inoyatova ta’biricha, Xelsinki jamiyatining hisobotida biroz bo’rttirib ko’rsatish borligini ham ta’kidlash kerak.

“Ular haqiqatan ham O`zbekistondagi mana shunday holatni o`rganishgan, tazyiqlarga o`zlari ham guvoh bo`lishgan. Men o`ylayaman qanaqadir bir xolid bahao berilagan, shu bilan birga bo`rttirish ham bor, bilasizmi O`zbekistonni ichida turib Sunday baho berilsa bu boshqa gap”, - deydi Inoyatova.

Adham Shoyimardonov fikriga ko`ra, endi G`arb davlatlarida O`zbekistonda huquq himoyachisi sifatida faoliyat yuritishning qanchalik qiyin ekanligi haqida aniq tasavvur paydo bo`lmoqda.

XS
SM
MD
LG