O’zbek dublyaji oltin ovoz sohibi - Hojiakbar Nurmatovdan ayrildi


O’zbekiston xalq artisti, iste’dodli san’atkor Hojiakbar Nurmatov og’ir xastalik tufayli olamdan o’tdi.

Uning hamkasblari fikriga ko`ra, uning vafoti aktyor ijodining eng gullagan davriga to`gri kelgan.

San`atshunoslar nazarida o`zbek san`anatida Hojiakbar Nurmatov iste'dodidan samarali foydalanmagan.

Uning yaqinlarining aytishicha, aktyor uch bora yurak xurujini boshidan kechirgan.

Ikki hafta muqaddam yuz bergan shunday yurak xurujining so`nggisi uni hayotdan olib ketgan. Hojiakbar Nurmatov 63 yoshda edi.

O`zbekiston xalqiga taniqli va sevimli bo`lgan aktyor, dublyaj ustasi Hojiakbar Nurmatovning olamdan o`tishi o`zbek san`ati uchun katta yo’qotish bo’ldi.

Marhumning hamkasbi, San`at institutining kino va teatr kafedrasi mudiri Xolida Mahmudova fikricha, Nurmatovning vafot etgani haqidagi xabar uni chuqur qayg`uga solgan.

“Bu san`at ahlini, nazarimda, butun O`zbekiston xalqini befarq qoldirmadi. Nafaqat yaxshi inson, balki yetuk, talantli bir aktyorni boy beragnimizdan xafaman”, - deydi u.

Xolida Mahmudova ozbek san`antida aktyorning talantidan to’liq foydalanishga ulgurilmagan deb hisoblaydi.

“Man shundan xafamanki, shunday yetuk aktyorlar borki, tabiatdan berilgan qobilyati oxirigacha ochilmaydi. Eng navqrion paytida u kishi yirik-yirik rollar ijro etishi kerak edi. Agar ishlaganda, u kishi Olim Xo`jayev, Shukur Burxonov darajasiga yetadigan iqtidorli inson edi”, - deydi san`atshunos.

Hojiakbar Nurmatovning yaqin do`sti, uning ham aktyorlik, ham dublyaj sohasidagi hamkasblaridan biri Afzal Rafiqov odatda aktyorlar o`rtasida chin do`st topish mushkul, deydi.

“Hojiakbar Nurmatov bilan do`st edim deya olaman, afsuski endi u buni tasdiqlay olmaydi”, - deydi aktiyor.

Afzal Rafiqov ta’biricha, Hojiakbar Nurmatovning dastlabki yorqin rollaridan biri bundan ancha yillar, uning ijodi boshlanish davrida sahnalashtirilgan “Navoiy” spektakilidagi Mo`min Mirzo obrazidir.

“Shunday qiyomiga yetkazib o`ynagan ediki, men yosh – endi aktyorlik faoliyatini boshlayotgan odam, haqiqiy aktiyor shunday bo`lishi kerak, deb ko`nglimga tukkan edim”, - deydi u.

Hojiakbar Nurmatov dublyaj sohasidagi faoliyati bilan ham O`zbekiston xalqiga keng tanilgan. Nurmatov ovoz bergan qahramonlarning aksariyati tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylangan obrazlar.

Sanatshunoslar fikricha, Hojiakbar Nurmatov ovoz mahorati bilan o`z qahramonlari xarakterini qaytadan kashf qilgan, tinglovchiga obrazni boyitib tadqim etgan.

Hojiakbar Nurmatovning dublaj sohasidagai ijodi alohida tahsinga loyiq, o`zbek dublyaj san`atidagi eng yorqin namunalardan, deydi Afzal Rafiqov.

"“Janobi oliylarining ad’yutanti” filmi bo`lar edi. Uning dublyajida bosh qahramonga Hojiakbar ovoz bergan. Yuriy Solomin ijro etgan. Ana shu dublyaj hamon ko`z o`ngimda. Men uni dublyaj san`atining namunasi sifatida har doim intervyularimda atyib o`taman. Yoshlarga dublyaj haqida gapirganimda shuni ko`ringlar deb tavsiya beraman. Merganlar nishonga qarab o`q otganda, nishonning markazi bo`ladi. U 10 raqami bilan belgilanadi. Shu 10 raqamining o`rtasiga urulgan o`qdek edi Hojiakbarning o`sha rolni dublyajda ijro etishi”, - deydi dublyaj ustasi, aktyor Afzal Rafiqov.

XS
SM
MD
LG