Rossiya O’zbekistonni o’zining strategik hamkori deb biladi


Rossiya Bosh vaziri Mixail Fradkov rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi.

O’zbekiston rahbarlari bilan uchrashgan Fradkov O’zbekistonni strategik hamkor deb ta’riflamoqda.

O`zbekiston prezidenti va Rossiya Bosh vaziri o`rtasidagi uchrashuvlarda ikki o`rtadagi iqitisodiy aloqalar, shuningdek, Rossiya va O`zbekiston a`zo bo’lgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyat muhokama qilingan.

Rossiya bosh vaziri Mixail Fradkov O`zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan ham muloqot qilgan.

Iqtisodiy muammolar qatorida Rossiya kompaniyalari tomonidan O`zbekistonning neft-gaz sohasiga kiritilishi kutilayotgan sarmoyalar, shuningdek, Toshkentdagi Chkalov samolyotsozlik zavodining taqdiri yuzasidan gaplashilgan.

O`zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida Rossiya migratsiya xizmati boshlig`i ham bo’lgan.

Kuzatuvchilar nazarida o`zbek muhojirlarining Rossiyadagi ahvoli hukumat darajasida muhokama qilinishi lozim bo’lgan, biroq hamon o’z yechimini topmagan mavzu.

Jamiyatshunos Komron Aliyev fikricha Rossiya tomonidan mehnat muhojirlari faoliyatiga doir yangi qonun kuchga kirgach, Rossiyadagi o`zbekistonlik mardikorlarning ahvoli ham ancha o`girlashgan. Biroq O`zbekistonda ishsizlar borliginni ochiq tan olishni istmagan rasmiy Toshkent bu borada biron chora ko’rmayapti.

Aliyevning ta’kidlashicha, mardikorlar muammosi O`zbekiston rasmiylarini tashvishlantirayotgan asosiy masala emas.

XS
SM
MD
LG