Breaking News

AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini qayta ko'rib chiqmoqda


AQShda asoslangan Freedom House, ya'ni Ozodlik Uyi nomli xalqaro nohukumat tashkilotiga ko'ra, O'zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyodagi boshqa barcha davlatlar, shuningdek ular bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi Rossiya jahondagi eng avtoritar jamiyatlardan biri.

Rossiya Markaziy Osiyoda o'z siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirishga urinmoqda.

Rossiyaning yuzlab million dollar sarmoya kiritayotgani va O'zbekiston kabi davlatlarni G'arb bosimiga qarshi qayrayotgani, deyishadi ayrim amerikalik tahlilchilar, mintaqada demokratik islohotlarga chaqirib kelayotgan Amerika uchun yangidan-yangi muammolar tug'dirmoqda.

Jons Xopkins Universitetida bir necha siyosatdonlar va AQSh rasmiylari uchrashib, Rossiya va Markaziy Osiyodagi siyosiy o'zgarishlar yuzasidan fikr almashdi.

Siyosiy tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyoda siyosiy-iqtisodiy qudratga, ta'sir kuchiga ega bolish uchun musobaqa boshlangan va Rossiya va Xitoy AQShni orqada qoldirishga urinmoqda. Lekin Amerika diplomatlari "hech qanday raqobat yoki musobaqada emasmiz, biz uchun mintaqa ravnaqi muhim",- deya ta'kidlab keladi.

AQSh kongressmeni Elsi Xeystings, yaqinda Amerika Ovozi ga intervyu berganida inson huquqlari ichki masala emas va huquq buzilgan taqdirda tashqi xalqaro hamjamiyatning aralashishi tabiiy va zarur qadam deya qayd etgan edi.

O'tgan olti yildan beri AQShda ko'proq respublikachi siyosatchilar Markaziy Osiyo bilan aloqalar haqida gapirib kelar edi. Chunki, Kongressda ular ko'pchilikni tashkil etar va tashqi munosabatlar bilan shug'ullanuvchi qo'mitalar ham ular qo'lida edi.

Endi AQSh qonunchilik organida demokratlar hukmron. Kongressmen Elsi Xeystings inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni kuzatuvchi AQSh Xelsinki Komissiyasi raislaridan biri. Huquq masalasi tashqi aloqalarda muhim omilligicha qoladi deydi u.

XS
SM
MD
LG