AQSh Toshkentni, Toshkent AQShni huquq bobida tanqid qilmoqda


O’zbekistonda inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan AQSh kukumati e’lon qilgan hisobot muhokamada. Rasmiy Toshkent AQShni biryoqlama va noxolis yondashuvda ayblamoqda.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasida ushbu hisobot taqdimoti bo’lib o’tdi. O`zbekistonga oid alohida to`plam shaklida tayyorlangan hisobot marosimga tashrif buyurgan mahlliy faollarga va diplomatik korpus vakillariga taqdim etildi.

Unda mamlakatda inson huquqlariga oid vaziyat misollar asosida batafsil yoritilgan.

27 milliondan oshiq aholisi bor O`zbekiston avtoritar davlat sifatida qolayaotgani ta’kidlanar ekan, inson huquqlari borasidagi vaziyatning yil davomida yanada yomonlasgani qayd etiladi.

AQSh hukumatining alohida tashvishiga sabab bo`layotgan masalalar qatorida O`zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi cheklanib qolayotgani, qamoqxonalarda qiynoqlar qo`llanilishi davom etayotgani, siyosiy erkinliklar borasidagi vaziyat o`zgarmayotgani, mamlakatda turli xalqaro tashkilotlar tugatilgani va faollarga nisbatan taz’yiqlar kuchaygani ta’kidlab o`tiladi.

AQSh elchisi fikriga ko`ra, AQSh tomonidan chiqarilayotgan bu hisobotdan maqsad tanqid emas balki, bunday holatlarni bartaraf etish.

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligining yaqinda e`lon qilingan e’tirozida bildirilishicha, AQShining inson huquqlari bo`yicha hisoboti, jumladan, unda O`zbekiston bo’yicha keltirilgan ma`lumotlar bir yoqlama va noxolis.

O`zbekiston AQSh hukumatini inson huquqlari bahonasida mamlakatning ichki ishlariga aralashishda ayblab keladi.

Taqdimot ishtirokchilardan biri, “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Vasila Inoyatova ta’biricha, hisobot AQSh-O`zbekiston munosabatlarida murakkablik tug`dirishi tayin.

“Albatta, inson huquqlari buzilishi davom etayotgan paytda bunday hisobot chiqarilgandan so`ng O`zbekiston hukumati AQShga nisbatan yana qandaydir noqonuniy harakatlar bilan javob beradi. Aslida esa, bundan hukumat xulosa chiqarishi lozim. Bundan tashqari, bu yerda Yevropaning turli davlatlari elchilari ham ishtirok etishayapti, ular ham bu taqdimotdan o`rnak olib, O`zbekistondagi vaziyat yuzasidan o`z xolis baholarini bildirsa maqsadga muvofiq bo`lardi ”, - deydi Inoyatova.

Huquq himoyachilari esa O`zbekistonda inson huquqlariga oid vaziyat og’irlashayotgani haqidagina ma’lumotlar berishadi.

Farg`onalik huquq himoyachisi Adhamjon Madumarov fikriga ko`ra, ayniqsa, diniy taz’yiqlar kuchaymoqda.

Madumarov nazarida ayni paytda qamoqxonada 159-modda bilan o`tirgan qarindosh, familiyasi bir xil bo`lgan mahbuslar boshqa-boshqa qamoqxonalarga tarqatib yuborilmoqda.

“Buni o`zimning va yoki akamning o`g’illari misolida aytishim mumkin. Bu ularga nisbatan taz’yiqning yana bir ko`rinishi bo`lishi bilan birga, agar biror tekshirish bo`ladigan bo`lsa, hukumatning qattiq rejimdaligini isbotlovchi yana bir dalil ham bo`lishi mumkin”, - deydi u.

Diniy taz’yiqlar odatda rasmiy hukumat tomonidan O`zbekistonda diniy ekstremizm xavfi kuchayayotganligi bilan izohlanadi.

Huquq himoaychisi Adhamjon Madumarov diniy ekstremistlar haqidagi tahdidni hukumatning ozi yaratmoqda degan fikrda.

“100 foiz ishonch bilan aytishim mumkin, O`zbekiston xalqi diniy ekstremistlar emas, faqat hukumatning o`zi ulardan ekstremistlar chiqarmoqda”, - deydi Madumarov.

AQSh davlat departamenti tomonidan chiqarilgan hisobotda dunyoning 196 mamlakatidagi inson huquqlariga oid vaziyat tahlil qilinadi. Bu davlatlar qatorida AQShning o`zi yo’q.

AQSh elchsining aytishicha, bu inson huquqlari bo`yicha AQSh tanqiddan xoli degani emas. Inson huquqlari bo`yicha hukumat o`ziga xolis baho bera olmaydi.

Shu ma`noda xalqaro tashkilotlar hisobotida inson huquqlari bo`yicha AQSh hukumatiga bildirilgan tanqidlar eslanadi.

XS
SM
MD
LG