Rauf Parfi - umrini she'riyat va so'zga tikkan shoir


28 mart kuni o’zbek shoiri Rauf Parfi O’zturk vafot etganiga ikki yil to`ldi. Rauf Parfi ol’imidan ikki o’tgach ham yaqinlari va shogirdlari, muxlislari tomonidan og’riq va sog’inch bilan qo’msaladi.

Pauf Parfi O`zturkning vafotidan keyin uning ikki kitobi nashr etildi. Birinchisi o`limidan sal o`tib O`zbekistonda nashr etilgan "So`nggi vido" to`plami bo`lsa, ikkinchisi Qirg'izistonda nashr etilgan "Iymon asiri" kitobidir.

Ikkinchi kitob "Iymon asiri" O`zbekistonda deyarli yo’q. Ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston va Qirg’iziston chegarasida qo`lga olingan va aksil-konstitutsiyaviy adabiyotlarni saqlashda ayblanayotgan huquq himoyachisi Gulbahor To`rayevadan marhum shoir Rauf Parfining “Iymon asiri” kitobi ham musodara qilingan.

Rauf Parfi hayotining so`nggi kunlarigacha O`zbekistonda yashagan, vaziyatni yaxshi anglagan, ichdan kuyingan va bu haqda ochiq gapirgan shoir, ijodkor va fuqarodir.

Parfiy hamisha ochiq va to’g’ri gapirgani, aynan uning ijodiga ham yolg`on aralashmagani uchun hamisha ta’qib ostida bo`lgan, deyishadi. Shoir O`zbekistondagi tuzum haqida gapirar ekan, bu tuzumni siyosatchi yoki shoir sifatida emas, balki oddiy fuqaro sifatida tanqid ostiga olgan.

Adabiyotshunos Baxtiyor Isabekka ko`ra Parfi she`riyati, ijodi umuminsoniyat erkinligini kuylash bilan birga, milliy o`zlikni cho`qqiga chiqargan, jumladan o`zbek milliy she’riyatini saqlab qolgan.

“Rauf Parfi o`zbek sovet adabiyoti ichida milliy adabiyotni saqlab qola olgan va Fitrat Cho`lponlardagi milliy adabiyotni keyingi avlodgacha saqlab kelgan va shu mobaynida o`zi o`zbek sovet adabiyotidan mutlaqo farqli milliy adabiyotni saqlagan ulug’ shoirdir”, - deydi Baxtiyor Isabek.

Rauf Parfi shogirdlaridan biri shoir Murod Shovush fikricha Parfi milliy o`zlikka tayanch beruvchi dunyoviy shoirdir.

“Bugun uning she’rlarini jahon adabiyoti mezonlari sasida o’lchasak, u Navoiy, Dante, Gyote, Bodler kabi daholar bilan yonma-yon turgan shoirligini ko’ramiz. Lekin o’limidan ikki yil o’tibdi, unga nisbatan e’tibor kam, kitoblari nashr etilmaydi. Bugun biz shunday qilsak ertangi avlod biz haqimizda bilimsizlar yoki dinsizlar deb o`ylashi muqarrar. Parfi sheriyatida umumbashariy ruhoniy hayot davom etadi, uning satrlariga sal chuqurroq kirsangiz, ajoyib ham qo’rquvga tushasiz”, - deydi Chovush.

Shoir Rauf Parfi shaxsi, uning satrlari, she’riyati murakkab ekanligi, hali to`la tahlil etilmay qolayotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, shoirdan qolgan asarlar, qo`lyozmalarini to`plash, ularni chop etish zaruriyati aytiladi.

Shoirning rafiqasi Sulhida Yolg`izga ko`ra Parfi qo`lyozmalari, ijodining to`planishiga umid bor. Bu borada shoirni yaqindan bilgan do`stlari yordamiga tayanish bildiriladi. Parfi dafn etilgan qabristonda shogirdlari tomonidan o`rnatilgan qabr toshida shoirning sevimli satrlaridan biri “Assalomu alaykum dorning og`ochi” so`zlari bitilgan.

Adabiyotshunoslar ta’kidlashicha, shoir o`z umrini she’riyat va so`z uchun tikkan edi. So`z Rauf Parfi uchun ilohiy edi. Shoir ijodidagi ulug` va muqaddas so`zlardan biri Turkiston edi.

Ta’kidlashlaricha Rauf Parfi O`zturk vatanida rasmiy qadr va e`tibor topmagan bo`lsa-da, hali mavhum biroq qalblarda qo`nim topgan, shoirning o`zi tomonidan o`kinch va sog`inch bilan kuylangan ulug’ Turkistonning faxrli o`g`lonlaridan biri sifatida tarixda qoladi.

XS
SM
MD
LG