Breaking News

Qur'onning ko'zi ojizlar uchun nashri bosmadan chiqdi


AQShdagi eng yirik islom markazida Qur’onning O’zbekistonda ko’zi ojizlar uchun mo’ljallangan nashri taqdim etildi. Brayl alifbosida yozilgan kitobni tayyorlash uchun bir yil vaqt ketgan.

Michigan shtatining Dieborn shahrida joylashgan eng yirik islomiy maskan – Amerika Islom Markazi xodimi Id Alavanning aytishicha, bu ko’zi ojiz musulmonlar uchun AQShdagi ilk Qur’ondir.

Janob Alavanning aytishicha, Qur’onni markazga taqdim etish uchun AQShning O’zbekistondagi elchisi o’rinbosari Bredford Xenson kelgan.

Ko’zi ojizlar yozuvi hisoblangan Brayl alifbosi qalin qog’ozni talab qilgani uchun bunday Qur’onni bitta kitobga sig’dirish imkoni bo’lmagan, shu sabab, deydi Amerika Islom Markazi xodimi, u sakkiz qismdan iborat. Uni Toshkentdagi Ko’kaldosh Madrasasida ko’zi ojiz musulmonlar bir yil davomida igna yordamida tayyorlashgan.

Brayl alifbosidagi harflarni belgilash uchun oltita nuqta kombinatsiyasidan foydalaniladi. Taqdim etilayotgan Qur’on arabcha Brayl alifbosida yozilgan.

AQShda ko’zi ojiz musulmonlar soni aniq emas, biroq Id Alavanning aytishicha, tez orada Brayl Qur’onining taqdim etilganini eshitgan ko’zi ojiz musulmonlarning markazga kelishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG