Breaking News

Vaziristondan o'zbeklar quvilayotgani Toshkentda yangilik emas


Pokiston Bosh vaziri Shavkat Azizining O`zbekistonga qilgan yaqindagi tashrifi arafasida O`zbekiston Islomiy Harakati yetakchisi Tohir Yo`ldosh Pokiston harbiylari tomonidan qo`lga olingani haqida xabar chiqqan, biroq keyinchalik bu ma`lumot tasdiqlanmagan edi.

Pokistonning Vaziriston viloyatidan kelayotgan xabarlarga ko’ra, o’lkada O`zbekiston Islomiy Harakati qoldiqlari va mahalliy qabilalar o`rtasida keskin janglar ketmoqda. Ko`plab o`zbek jangarilari o`ldirilgani ma’lum.

Pokiston matbuotida chop etilishicha, o`zbek jangarilari Vaziristondan quvib chiqarilmoqda.

Manbalarda O`zbekiston Islomiy Harakati qo’shinlari mingdan ziyod ekani, harakat hozirda o’zini ancha tiklab olgani aytiladi.

O`zbekistonning o`zida bu borada yoki Vaziristondagi voqealar haqida ma’lumot uchratmaysiz.

Jamiyatshunos Komron Aliyev fikricha keyingi paytda O`zbekiston Islomiy Harakati haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to`g’ri kelmaydi.

“U yerda o`zbeklar yo’q, qisman arablar bo`lishi mumkin. Yolg`on ma’lumot tarqatilishidan maqsad ularni xalqaro terorririzmga taqash. Bir paytlar o`zbeklar bo`lgan, urush paytida ko`pchiligi qirilib ketgan, qolganlari parokanda bo`lib, tirikchilik yo`liga o`tib ketgan. Ularning soni ham ko`p deb bo`lmaydi, chunki Tolibon eng kuchaygan paytda ham o`zbeklarning soni 800-1000 kishi deb hisoblanardi”, - deydi Aliyev.

Siyosatshunos Tursunboy Qoratoyev nazarida esa O`zbekiston Islomiy Harakati faollashgan bo`lishi mumkin. Bu Tolibon harakatining kuchayishi bilan bog`liq.

“Nazariy jihatdan men shunday ekanligiga qo`shilaman. Nega deganda xalqaro kuchlardan norozi bo`lganlar hozir u tomonga qarab o`gib ketayotganligini biz kuzatib turibmiz. Yana Tolibonga o’xshagan guruhlar kuchayayotgan bo`lsa, bu yerda O`zbekiston uchun katta xavf bor”, - deydi Qoratoyev.

Siyosiy sharhlovchi deydiki, O`zbekiston Islomiy Harakati jangarilarining soni aynan o`zbekistonlik o`zbeklar hisobiga emas, balki mahalliy aholi hisobiga kengayayotgan bo`lishi mumkin.

“O`zbekiston hisobiga bo`lishi mumkin emas, agar vaqtida Tolibon tugatilgan bo`lganda, ular yana tiklanmagan bo`lardi”, - deydi siyosatshunos.

O`zbekiston Islomiy Harakati O`zbekistonda qator portlashlarda ayblangan. AQSh Afg`onistonda Tolibonni nishonga olganida bu harakat ham parchalangan, uning o`sha paytdagi yetakchisi Juma Namangoniy halok bo`lgan deya ma’lum qilingan edi.

XS
SM
MD
LG