Breaking News

Qirg'izistonda muxolifat ommaviy chiqishlar boshlagan


Qirg’izistonda muxolifat prezidentlik saylovlarining erta o’tkazilishini va konstitutsion islohotlar qilishni talab qilmoqda.

Prezident Kurmanbek Bakiyev muxolifatni uni hokimiyatdan ag’darishga urinayotganlikda ayblamoqda.

Prezident norozilik chiqishlarida tinchlik saqlashga chaqirmoqda. Uning aytishicha, namoyishchilar qonunni buzsa, keskin choralar ko’riladi.

Muxolifat esa Bakiyevni korrupsiyaga qarshi kurashmayotganlikda tanqid qilyapti.

Muxolifat nazarida Qirg’izistonda konstitutsion o’zgartirishlar qilinishi lozim.

Bakiyev fikricha esa bu kabi takliflar ko’chada emas, parlamentda muhokama qilinadi.

Muxolifat yetakchilaridan, sobiq bosh vazir, Feliks Kulov Bakiyev bilan uchrashishdan bosh tortgan.

XS
SM
MD
LG