Breaking News

Bishkekda muxolifatchi, sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olingan


Qirg’izistonda taniqli muxolifatchi bezorilikda ayblanib, hibsga olingan. Birlashgan Front a’zosi Omurbek Suvanaliyev respublikaning sobiq Ichki ishlar vaziri.

Suvanaliyevning avdokati Tatyana Chinikinaning aytishicha, ayblanuvchi uch kun davomida so’roq qilinishi mumkin.

Unga tartibni buzganlik, jamoat tinchligiga rahna solganlik va zo'ravonlik qilganlik kabi ayblar qo’yilmoqda.

Birlashgan Front prezident Kurmanbek Bakiyevni islohotlar o’tkazmayotganlikda, jinoyatchilikka qarshi kurashmayotganlikda va korrupsiyada tanqid qilmoqda.

Bishkekda bir necha kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG