Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda


Xitoyda Jahon Uyg’urlari Kongressi rahbari Robiya Qodirning o’g’li Ablikim Abdurayim to’qqiz yilga qamalgan.

Abdurayim bo'lginchilikda, rasmiy Pekinga qarshi ig’volarga va qo’poruvchilik harakatlarida aybdor deb topilgan.

O’tgan yili O’zbekistondan deportatsiya qilingan uyg’ur imomi Hussayn Jalil esa ekstremizmda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Jalil Kanada fuqarosi va Toshkentdan uylangan. Xitoy rasmiylari uni terror guruhlariga aloqadorlikda, Sharqiy Turkiston Ozodlik Harakati degan jangari guruhga a’zolikda ayblaydi.

Uyg’urlar Xitoydan mustaqillik talab qilib keladi. Hozirda jahon bo’ylab 20 millionga yaqin uyg’ur bor. Ularning 10 millionga yaqini Xitoyning Shinjon muxtoriyatida, uyg’urlar ta’biricha esa Sharqiy Turkistonda yashaydi.

Xitoy hukumatining bildirishicha, uyg’urlar Shinjonda to’q va farovon yashamoqda. Ularning asosiy huquqlari ta’minlangan. Uyg’ur bolalari bilim olmoqda, ishlash va xususiy bizneslarga egalik qilish imkoniyatiga ega, deydi Xitoy rasmiylari.

Robiya Qodir Amerika Ovozi savollariga javob beradi.

XS
SM
MD
LG