Breaking News

O'zbekiston: BMT inson huquqlari vakilini qabul qilishga vaqt yo'q


Rasmiy Toshkent BMT Inson huquqlari komissari Luiza Arburning (Louise Arbour) O`zbekistonga tashrifi uchun vaqti yo`qligini bildirgan.

Qirg`izistonga tashrif buyurgan Luiz Arbur mintaqaviy tashrifi mobaynida O`zbekistonda bo`lmasligi sababini shunday tushuntirgan.

Mahalliy faollar BMT komissarining tashrifiga qarshilikni O`zbekistondagi inson huquqlariga oid og`ir vaziyat bilan izohlashadi.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovning aytishicha, yaqinda huquq himoyachisi Gulbahor To`rayeva ustidan hukm chiqarilgan, Umida Niyozovaning ishi bo`yicha jarayonlar kutilyapti – BMT komissari tashrifining rad etilishi ana shu vaziyat bilan bog`liq.

“O`zbekiston hukumatida BMTning qiynoqlar bo`yicha komissarining, shuningdek inson huquqlari bo`yicha komissarining ham hisobotlari noxush taassurot qoldirgan. Hukumat BMTning bu rasmiylaridan qo`rqib qolgan”, - deydi Tashanov.

Abdurahmon Tashanov BMT inson huquqlari bo`yicha komissari O`zbekistonga tashrif buyurish uchun o’z vakolatlaridan qat’iyroq foydalanishi lozimligini ham ta`kidlab o`tadi.

Kuzatuvchilarga ko`ra, Yevropa Ittifoqi O`zbekistonga nisbatan sanksiyalarni muhokama qilish arafasida turar ekan, BMT komissarining mamlakatdagi huquq vaziyatiga oid xulosalari hal etuvchi nuqtalardan biri bo`lishi mumkin edi.

XS
SM
MD
LG