Breaking News

Jahon bo'ylab matbuot erkinligi tobora cheklanmoqda


AQShda joylashgan Freedom House, ya’ni Ozodlik Uyi tashkilotiga ko’ra, harbiy to’ntarishlar, hukumat repressiyasi va jurnalistlarni o’ldirish avj olgani sabab dunyoda matbuot erkinligi tobora cheklanmoqda.

Vaziyat xususan sobiq Sovet ittifoqi, Osiyo va Lotin Amerikasida tashvishli, deyiladi Freedom House hisobotida. Eng quyi o’rinlarni Kuba, Liviya, Shimoliy Koreya va Turkmaniston egallagan.

Butun duyno bo’ylab, deydi Freedom House rahbari Jennifer Vindsor, demokratiya bobida chekinish, xususan siyosiy muxolifatni va mustaqil matbuotni yo’q qilish harakatlari avjida. O’tgan yili jahonda 110 muxbir o’ldirilgan.

"Jurnalistlar korrupsiya, jinoyat va inson huquqlari poymol etilishini fosh etadi,” - deydi AQSh xalq diplomati Karen Xyuz. “Shu bois, ular har qachongidan ko’proq xavf ostida.”

Freedom House fikricha Rossiyada matbuot erkinligi ayanchli ahvolda. Xususan o’tgan yili jurnalist Anna Politkovskayaning o’ldirib ketilgani Rossiya jurnalistlar uchun xavfli ekanini ko’rsatadi, deya bildiradi Freedom House.

XS
SM
MD
LG