O'zbekiston Xitoyga gaz va'da qilmoqda, o'z aholisi nima yoqsin?


O`zbekiston Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlar ekan, yaqinda bu mamlakat tomon yangi gaz quvurlari yotqizish bo’yicha bitim imzoladi.

Biroq ayrim sharhlovchilar nazarida bu bitim asosan Turkmaniston gazi tranziti uchun mo’ljallangan. O’zbekistonda esa aholi gaz taqchilligidan qiynalmoqda.

O`zbekiston va Xitoy o`rtasida gaz quvurlarini yotqizish haqidagi bitim Xitoy xalq respublikasining taraqqiyot va islohot ishlari bo`yicha davlat qo`mitasi raisi Ma Kayning O`zbekistonga tashrifi davomida imzolangan.

Qurilishi rejalanayotgan quvurlar yiliga 30 milliard kubometr gaz o`tkazishga moslanadi, uning uzunligi 530 kilometrni tashkil etishi haqida ma`lumotlar bor. Lekin bu loyiha bo`yicha qachon ish boshlanishi, uning moddiy qiymati va ishga tushurilish muddati aniq emas.

Hozirda O`zbekiston gazi faqat Rossiya orqali sotilardi. Kuzatuvchilarga ko`ra O`zbekiston- Xitoy gaz quvurlaridan turkman gazi tarnsportirovkasi uchun foydalanish nazarda tutilmoqda.

Kuzatuvchi Komron Aliyevga ko`ra bunday bitim mintaqada Xitoy ta'sirining oshishi bilan bo`gliq, biroq Xitoy bilan yaqinlashishning O`zbekiston uchun foydasidan ko`ra zarari ko`proq.

Komron Aliyev nazarida mazkur loyiha O`zbekistonga Rossiya bilan gaz narxi bo`yicha savdolashish imkoniyatini berishi mumkin, biroq quvurlarning uchunchi mamlakat orqali o`tishi kutilganidek natija bermaydi.

Kuzatuvchi Toshpo'lat Yo`ldoshevning ta'kidlashicha Gazprom va Lokoyil kabi kompaniyalar olib borgan izlanishlardan ma'lumki O'zbekistonda gaz quduqlarining har o'ntasidan atigi ikkitasi mahsulot chiqarmoqda.

“Shuning uchun ham bu kompaniyalar O`zbekistonga sarmoya kiritishga shoshmayapti. Muzokoralar asosan Xitoy tomonidan ikki tomonlama asosga ko`ra yuritilgan - Turkmaniston va O`zbekiston bilan alohida gaplashishgan”, - deydi u.

Xabarlarga ko'ra, Turkmaniston va Xitoy o`rtasida kechgan muzokaralarda turkman gazi Qozog`iston orqali o`tishi rejalangan.

Toshpo`lat Yo`ldoshev fikricha O`zbekiston chetga ko'proq gaz sotishni rejalar ekan, hukumat aholining gazga ehtiyojini hisobga olmayapti.

“Faqat Toshkent shahri va viloyatida gaz ta'minoti yaxshilanagan, boshqa viloyatlarda yo'q. Asosiy e'tibor [chetga} qaratilayapti, chunki bundan naqd valyuta keladi, yarmi byudjetga, ma'lum qismi cho`ntakka tushadi”, - deydi Yo`ldoshev.

O`zbekistonda kuzatilgan bir nechta norozilik chiqishlariga aynan aholining energetika vositalaridan bebahra qolayotgani sabab bo`lgan edi.

“Gaz yoq, ovqat qilish mumkin emas. Ikki yosh bolam bor, ularga ovqat qilish, suv isitish muammo. Chiroqqqa qarasak, u ham ertalab o`chadi... Bolalarning pulidan gazga, chiroqqa deb ushlab qolishadi. Lekin gaz yonmaydi-ku, nega berishimiz kerak”? - deydi muammodan to'ygan onalardan biri.

XS
SM
MD
LG