Nursulton Nazarboyev xohlagan marta prezidentlikka intilishi mumkin


Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlikka cheklanmagan marta saylanishi mumkin.

Mamlakat parlamenti ushbu taklifni yoqlab, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritgan.

Ushbu shart faqat Nazarboyevning prezidentlik davrida joriy etiladi - Qozog’istonning bo’lajak rahbarlari prezidentlikka faqat ikki marta saylanishi mumkin.

Qonunchilar, shuningdek, mamlakatda prezidentlik muhlatini 7 yildan 5 yilga kamaytirish haqidagi qonun loyihasini qo’llab-quvvatlagan. Nazarboyevning amaldagi muddati 2012 yil oxirida tugaydi.

XS
SM
MD
LG