Tojikiston prezidenti dabdabali marosimlarga qarshi


Tojikiston prezidenti dabdabali to’y, maraka va tug’ilgan kun tantanalariga qarshi chora ko’rishni taklif etmoqda va xalqini kamtarroq bo’lishga chaqirmoqda.

Payshanba kuni poytaxt Dushanbeda bir guruh qonun chiqaruvchilar bilan uchrashar ekan, yaqinda familiyasidan -ov qo’shimchasini olib tashlagan Imomali Rahmon to’yga ikki yuzdan ortiq mehmon taklif etilmasligi va to’y bir kundan ortiq o’tkazilmasligi kerak dedi.

Marakalarda esa, prezident fikricha, 100 dan ortiq bo’lmagan mehmonlarga bitta taom taklif etilishi kerak xolos. Mamlakatdagi din peshvolari prezident qarorini ma'qullamoqda va ortiqcha sarf-xarajatlarga sabab bo'layotgan marosimlarni tanqid ostiga olmoqda.

XS
SM
MD
LG