Markaziy Osiyo yonilg'isi Yevropa ehtiyojlarini qondira olmaydi


Bryusselda joylashgan mustaqil tahliliy institut o’tkazgan izlanishga ko’ra, Markaziy Osiyo tabiiy gazi va nefti Yevropaning Rossiyaga bo’lgan energetik tobeligiga chek qo’ya olmaydi.

Inqirozlarni o’rganish xalqaro guruhi hisobotiga ko’ra, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston Yevropaning yonilg’i ehtiyojlarini kam miqdorda qondira oladi, xolos. O’shanda ham mintaqada ochiq iqtisodiy siyosat yuritilsagina.

2006 yil boshida Rossiyadan Yevropaga kelayotgan yonilg’i ta’minotidagi qisqa muddatli uzilishdan xavotirga tushgan Yevropa Ittifoqi yonilg’i olishning muqobil yo’llarini izlashga tushib, o’z diqqatini Markaziy Osiyo gaz va neftiga qaratgan edi.

Tashkilot xulosasiga ko’ra, ayni damda Rossiya yonilg’isining o’rnini bosa oladigan muqobil manba yo’q.

XS
SM
MD
LG