Breaking News

Qozog'iston prezidenti kuyovini ishdan olgan, tergov ishi ochilgan


Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kuyovi Rohat Aliyevni Avstriya elchisi lavozimidan bo’shatgan.

Aliyev Dariga Nazarboyevaning turmush o'rtog'i va mamlakatda katta bizneslarni boshqaradi.

Aliyevning aytishicha, u 2012 yilda prezident saylovlarida nomzod bo’lib qatnashish istagini bildirgach, Nazarboyev kuyoviga qarshi tergov qo’zg’atishni buyurgan.

Rohat Aliyev Qozog’iston prezidentini demokratiyaga zid harakatlarda ayblamoqda.

Konstitutsiyaga kiritilgan yangi o'zgartirishga ko'ra Nursulton Nazarboyev xohlagan marta prezidentlik uchun o’z nomzodini qo’yishi mumkin.

Rohat Aliyev 2007 yilgacha Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari edi.

XS
SM
MD
LG