Human Rights Watch vakili O'zbekistondan chiqib ketmoqda


Mira Ridman xalqaro inson huquqlari tashkiloti – Human Rights Watchning O`zbekistondagi xodimi edi. O`zbekistondagi dasturlarni Andrea Berg boshqaradi. Biroq Andrea Bergning akkreditatsiyasi uzaytirilmagan va u mamlakatdan chiqib ketgan.

Mira Ridmanning O`zbekistonda xizmat muddati yakshanba kuni tugaydi.

Berg xonimning aytishicha, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Mira Ridmanning vizasi nima uchun uzaytirilmagani haqida izoh bermagan.

“Biz O`zbekistonda ishlashda davom etamiz. Afsuski, hozir vaziyat shunaqa. Xodimimizning vizasi uzaytirilmadi. O`zbekiston Adliya vazirligi unga ishlash uchun akkreditatsiya bermadi”, - deydi Andrea Berg.

Uning so’zlariga qaraganda, shu yil kuzdan boshlab O`zbekistonda tashkilotning vakili bo'ladi. “Yaqin orada biz ofisni yopmaymiz", - deydi Andrea Berg.

Human Rights Watch O`zbekistonda inson huquqlari bo`yicha faoliyat yuritayotgan yagona tashkilot.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tashkilotning inson huquqlari bo`yicha hisobotlarini noxolis deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG