Tanqidchi shoir o'g'lining ozod etilishini talab qilmoqda


Siyosiy-tanqidiy she'rlari bilan tanilgan Yusuf Juma Qorako`l tumani ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hibsga olingan o`g`lining ozod etilishini talab qilmoqda. Yusuf Juma tanqidiy she`rlari bilan tanilgan.

Yusuf Jumaning aytishicha o`g’li o`g`irlik qilmagan, qo`yni qaytarilmagan qarz hisobiga olgan. Bu haqda qo`y egasi ichki ishlar boshqarmasiga tilxat taqdim etilgan. Videotasvir ham bor.

“Qarzdor odam uch-to`rt odamdan qarz bo`lib ketgan, hammasiga mol bergan. Kimga sigirini sotib bergan. Kattaroq qarzi bo`lsa, kimgadir haliyam berolmagan. Mening o`g`limga kichikroq qo`y bergan”, - deydi shoir.

Yusuf Jumaning bildirishicha bu voqeadan xabar topgan uchastkovoy undan o`g’li ustidan davo arizasi yozishni talab qilgan, lekin qo`y bergan kishi bunga rozi bo`lmagan.

“Agar yozib bersang, sening izingda davlat, prezident bo`ladi degan. Bu voqea butun qishloq o`rtasida bo`lgan. Mahalla oqsoqollari ham hech qanday o`g`irlik bo`lmaganidan xabardor. Bu haqda tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan. Lekin baribir Yusuf Jumani o`ziga tegilmasa ham, uning o`g`lini qamash zarurligi haqida ko`rsatma berilgan”, - deydi shoir.

Yusuf Jumaning o`zi muxolifatdagi faoliyati uchun avval qamalib chiqqan. Uning ozod etilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan O`zbekistonga ko`rsatilgan bosimlar tufayli amalga oshgan edi.

XS
SM
MD
LG