Breaking News

Xillari Klinton: Barak Obama yosh va tajribasiz


Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga sakkiz nomzod orasida bahslar avjida. Saylov kampaniyasida AQSh tashqi siyosati bosh mavzu.

Yosh nomzod, senator Barak Obamaning bayonotlari shov-shuv uyg’otmoqda.

Saylangan taqdirda, Obama AQSh dushman deb biluvchi davlat rahbarlari bilan uchrashishini hamda razvedka ma’lumotlariga asoslanib Pokistonga qo’shin jo’natishini bildirgan.

Boshqa nomzodlar, jumladan senator Kristofer Dodd fikricha, AQSh bo’lajak prezidenti tajribali bo’lishi muhim.

Barak Obamani yosh va xom ekanlikda ayblagan raqibi senator Xillari Klinton esa siyosiy bayonotlar qilishdan avval yaxshilab o’ylab ko’rishni maslahat beradi. Obamaning gaplari Pokistonda norozilik uyg’otganini qayd etadi.

Ammo senator Obama AQSh siyosatiga yangicha yondashish qarorida qat’iy.

“Amaldagi va sobiq rahbarlar, prezidentlikka nomzodlar shuncha tajribasi bilan Iroqqa bostirib kirish uchun ovoz bergan axir,” - deydi Obama. Tajriba eng muhim omil emas.

AQSh prezidentligiga barcha nomzodlar Iroqdagi askarlarni uyga qaytarish tarafdori. Yana bir nomzod, sobiq senator Jon Edvordsning ta’kidlashicha, prezident Bushning respublikachilar partiyasiga qo’yib bersa, Iroqdagi urush uzoq davom etadi.

Ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, Barak Obama, Xillari Klinton va Jon Edvords saylovchilarga birdek ma’qul.

XS
SM
MD
LG