Islom Karimov hokimiyatdan ketsa, nima bo'ladi?


Jahon bo’ylab bo’hronlarning oldini olish yo’lida izlanuvchi tashkilot (ICG) hisobotida aytilishicha, O’zbekiston rahbari Islom Karimov lavozimidan ketgan taqdirda nafaqat O’zbekistonda, balki butun mintaqada beqarorlik vujudga kelishi mumkin.

Tashkilot nazarida aholi orasida qashshoqlik, prezident saylovlari sanasining noma`lum bo’lib qolayotgani va inson huquqlarining doimiy ravishda buzilayotgani salbiy oqibatlarga olib boradi.

"Islom Karimovdan keyin hech kim hokimiyatni qo`lga ololmaydi. Buning oldini olishning yagona yo`li – hokimiyatni taqsimlash", - deydi ekspert Toshpo'lat Yo'ldoshev.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov fikricha esa hukumat muammolarni yopishda davom etmoqda.

“Menimcha, rejim taraqqiyotga to`siq bo`layapti. Muammolarni yechayotgani yo’q. Muammo qancha ichga yutilsa, portlash xavfi kuchayib boradi”, - deydi Oripov.

Shunday ekspertlardan biri prezidentning lavozimidan ketishi haqida gapirish uchun asos yo’q deydi. Uning aytishicha, favqulodda holatda siyosiy boshqaruvning qanday almashganiga u Turkmanistondagi ahvolni misol keltiradi.

Lekin Toshpo’lat Yo`ldoshev Turkmaniston tajribasi O`zbekistonda amalga oshishi qiyin degan fikrda.

“O`zbekistonda jamiyat boshqacha, bunga yo`l qo`yilmaydi”, - deydi u.

Tahlilchilarning so’zlariga qaraganda, bugun Islom Karimovdan keyin hokimiyatni o`z qo`liga olishga qodir siyosiy kuch mavjud emas.

Hokimiyat bo`g`inlari markaziy kuchga bo`ysunib, mustaqil ishlash tajribasiga ega emas. O`zbekistondagi rasmiy partiyalar esa hech qanday kuch va ta`sirga ega bo`lmagan qo`g`irchoq partiyalar deydi mutaxassislar.

O`zbekistonda prezident saylovlari shu yil dekabr oyida o`tishi kerak, biroq hozircha saylov haqida biror rasmiy ma`lumot uchramaydi.

XS
SM
MD
LG