Breaking News

Rossiya harbiy salohiyatini mustahkamlamoqda, AQSh xavotirda


Rossiya uzoq masofaga bomba tashiydigan samolyotlarni qurishga bel bog’lagan. Prezident Vladimir Putin Rossiya mudofa tizimini mustahkamlamoqchi.

O’tayotgan yilda bu maqsadda mamlakat byudjetidan 200 milliard dollar ajratilgan. Mazkur mabla’g asosan uzoq masofaga uchadigan raketa arsenalini yangilashga sarflanadi.

Yaqinda Vladimir Putin Rossiya xavfsizligini ta’minlash uchun jangovar samolyotlar parvozi yo’lga qo’yilishini va doimiy tartibda xizmat qilishini aytdi.

Bunday tajriba Sovet Ittifoqi tomonidan Sovuq urush yillarida qo’llangan edi, deydi siyosiy tahlilchi Stiven Sestanovich.

“Rossiyaning bu qaroriga izoh berish qiyin. Nima sababdan Rossiyaning uzoq masofaga uchadigan harbiy samolyotlari Tinch Okeanida joylashgan va Amerikaga tegishli bo’lgan Guam orollari atrofida uchib yuribti. Buning davlat manfaatlariga qanday aloqasi bor?”, - deydi tahlilchi,

Putinning bu kabi qat’iy qarorlari, deydi rossiyalik journalist Aleksey Pushkov, xalqning unga bo’lgan ishonchini yanadan oshirmoqda.

“Putin Rossiya qudratini oshirmoqda. Bu rus xalqiga yoqadi. Ular nazarida Rossiya rahbari dunyo bilan tenglasha oladigan kuchli lider”, - deydi Pushkov.

Yaqinda Rossiyada ot’gan aviashouda rasmiy Moskva havo kengliklarida kuchli va zamonaviy qurollarga ega ekanini ko’z-ko’z qildi. Neft va boshqa yonilg’i resurslariga boy Rossiyadan buni kutsa bo’ladi, deydi tashqi siyosat bo’yicha tahlilchi Richard Vaytz.

“Rossiya bugunga kelib atom qurollari bo’yicha AQShga bas kelishi mumkin. Biroq mamlakatning dengiz kuchlari ancha sust edi. Shu sabab Rossiya endi bu borada ham kuchayish umidida”, - deydi siyosatshunos.

Oq uy esa, deydi sharhlovchilar, Rossiya boshlayotgan bu harbiy poygaga bosiqlik bilan qaramoqda. Biroq Kreml qo’yayotgan qadamlarni ko’zdan qo’chirmayapti.

XS
SM
MD
LG