Breaking News

Qirg'izistonda O'zbekiston fuqarosi terror harakatlarida ayblanmoqda


Qirg'iziston xavfsizlik kuchlari O'zbekiston fuqarosi terror xuruji qilishga uringanlikda ayblanib, hibsda ekanini ma'lum qilgan.

Jamoliddin Abdumajidov ismli kishi o'tgan oy granata portlatishga harakat qilayotganlikda gumon qilinib, ushlangan.

Qirg’iziston davlat xavfsizlik qo’mitasi ma’lumotiga ko`ra, Abdumajidov terrorchi guruh a`zosi. U bilan birga o`zbekistonlik yana bir necha kishi qo’lga olingan.

Qo’mita matbuot kotibi Irisbek Biqin o'g'lining aytishicha boshqa mahbuslarning ism-sharifi tergov ishlari davom etayotgani bois oshkor etilmaydi.

Terrorchi guruhning faol a’zolaridan biri bo`lgan Abdumajidov, deydi rasmiylari, "O'sh sadosi" redaksiyasida yuz began portlashlarni tashkil etganlikda, shuningdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hududlarida qo`poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni rejlashtirganlikda ayblanmoqda.

Qirg'iziston rasmiylarining aytishicha portlashlardan biri O'zbekiston Mustaqillik Kuni tantanalari oldidan rejalangan.

XS
SM
MD
LG