Rossiyada saylovlar oldidan yangi bosh vazir


Rossiyada bosh vazirlikka ko'rsatilgan Viktor Zubkov prezidentlik uchun harakat qilishi mumkin.

Zubkov nomzodini Duma ertaga ko'rib chiqadi.

Zubkov moliyaviy jinoyatlarni tekshiruvchi federal idorani boshqarib kelgan.

Rossiya parlament va prezident saylovlariga tayyorlanar ekan, Vladimir Putin hukumatni yangilamoqda.

Rossiya siyosati bilan yaxshi tanish odamlar bundan hayron emas.

Ikki muhim saylovdan oldin bunday o’zgarishlar tabiiy hol deydi ayrim sharhlovchilar.

Parlament saylovlari Rossiyada kelayotgan dekabrda, prezident saylovlari esa kelasi yil martda bo’ladi.

Mixail Fradkov ishdan bo’shamoqchi ekanini bayon qilgach, qolganlar ham lavozimlarni bo’shatishga qaror qilgan.

XS
SM
MD
LG