Qirg'izistonda mikro-kredit tizimi rivojlanmoqda


Amerikada “pul qilish uchun ham pul kerak”, degan naql bor.

O’tgan yili Bangladeshdan bir iqtisodchi mikro-kredit tizimini o’ylab topgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Bu tizim orqali kambag’al insonlar oz miqdorda qarz olib, oyoqqa turishi mumkin.

Busayra Tulekeyeva besh yildirki Bishkekdagi Alamadinskiy bozorida tirikchilik qilmoqda. Rastada u kiyim-kechak va maishiy xizmat mollari sotadi.

Busayra bir necha yil ishsiz yurdi. Qirg’izistonda AQShning xalqaro taraqqiyot tashkiloti hisoblangan Mersi Kor (Mercy Corps) , ya’ni Muruvvat Korpusi Kompanion moliya tizimini joriy qildi. Kichik miqdordagi kreditlar uchun. Bugun bu tizimdan 30 mingga yaqin qirg’izistonlik foydalanmoqda. Ular orasida Busayra ham bor. 350 dollar kredit kichik biznes boshlashga yetarli bo’ldi, deydi u.

"Hozirda xilma-xil mahsulot sotadigan bo’ldim. Daromadim ham oshmoqda. Juda xursandman."

Oyimgul Dehqonova ham tadbirkor. To’rt yildan beri uy-ro’zg’or buyumlarini sotadi. Dastur yordamida oyoqqa turib, turmushimni yaxshiladim, biznesim ham kengaydi, deydi u.

"Oilam uchun DVD player sotib oldim. Farzandlarimning kiyim-kechak va oziq-ovqatga muhtojligi yo’q. Yozda ularni lager va oromgohlarga ham yubora olaman," - deydi Dehqonova.

Mikro-kredit tizimi asoschilaridan biri bangladeshlik iqtisodchi Muhammad Yunusdir. 30 yil oldin bank ochgan Yunus, kambag’allarga qarz berib, biznes qilishga ahd qiladi. Tashabbusi uchun u 2006 yilda Nobel Mukofoti bilan taqdirlandi.

Muruvvat Korpusi xodimlariga ko’ra, asosiy maqsad Qirg’izistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishga yordam berish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish. Kompanion moliyaviy tizimida bugun 400 yaqin kish ishlab, Qirg’izistonda bo’ylab 49 ga yaqin idorasi bor.

Ketrin Braun Muruvvat Korpusining Qirg’izistondagi direktori. Unga ko’ra, Kompanion bergan qarzlarning 99 foizi qaytarilgan. Vaholanki kreditlar, tanish-bilishsiz, kambag’al qatlam vakillariga beriladi.

"Qashshoqlar pulni qaytara olmaydi degan nazariya o’z isbotini topmadi. Kambag’al bo’lsa ham odamlar qarzni uzishga, unda unumli foydalanishga muvaffaq bo’lyapti," - deydi Braun.

Kosmosbek Cho’lponboyev, Galenfarm farmasevtika kompaniyasi direktori. Muruvvat Korposi uni dasturning namunali tadbirkori deb ataydi. Farmasevtika sohasida diplomga ega Kosmosbek, Bishkek yaqinida dori ishlab chiqarish fabrikasini ochdi.

1997 yilda Muruvvat Korpusi Cho’lponboyevga 7 ming dollarga teng qarz bergan edi. Bu pul miqdori kichik-kredit hajmidan ancha katta. Lekin, deydi Cho’lponboyev, Muruvvat ko’rpusining tijorat banklaridan farqi shuki ular kreditdan daromad ko’rishni emas, odamlarning rivojlanishini istaydi.

Dasturning Cho’lponboyevdan ko’ngli to’q. Fabrikasida 50 ga yaqin xizmatchi ishlaydi.

Yillik daromad 500 ming dollarga teng. Kichik kredit tizimini rivojlantirish nafaqat aholi balki davlat iqtisodiyotiga ham foyda, deydi u.

"Tizim sizga katta ma’suliyat yuklaydi… Pul oldingizmi, qaytrishni ham unutmang. Tadbirkorlar shunday munosabat va tartibga o’rganadi. Har oy qarzimni to’lab borishni unutmayman. Iqtisodiyot o’z talab va cheklovlariga ega. Shu sabab istaganizcha pulni isrof qila olmaysiz," - deydi Cho'lponboyev.

Bugungi kelib, deydi Muruvvat Korpusi direktori Ketrin Braun, qirg’izistonliklar mahsulotlarni katta kompaniyalar emas, balki kichik biznes vakillaridan sotib olishni o’rganmoqda. Kichik va o’rta biznes esa Qirg’iziston iqtisodiyotini quvvatlovchi tizim.

XS
SM
MD
LG