AQSh rasmiysi Afg'onistonda qoradorini yo'qotishga chaqirmoqda


AQShning Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi direktori Karen Tendi (Karen Tandy) Pokistonni afyun yetishtirishga qarshi kurashda maqtamoqda.

Biroq afyun eng ko’p yetishtiriladigan qo’shni Afg’oniston bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak, aks holda qoradori savdosidan tushayotgan pul jangarilarni moliyalamoqda, deydi AQSh rasmiysi.

Karen Tendi Pokiston bir vaqtlar geroin manbai edi, bugunga kelib esa afyundan deyarli xoli bo’lgan mamlakat deydi.

AQSh rasmiysi fikricha Afg’onistonning narkodavlatga aylanmasligi uchun jangarilarga zarba berish kerak.

"Buning uchun narkotiklarga va isyonchilarga qarshi kurashayotgan mahalliy va xalqaro kuchlar hamkorlikda ishlashi, muntazam ravishda axborot almashinishi zarur," deydi Karen Tendi.

BMT hisobicha Afg’onistonda afyun dalalari bu yili 165 ming gektardan 193 ming gektarga kengaygan.

XS
SM
MD
LG