Breaking News

Tojikistonning energetik rejalari qo'shni davlatlarga tinchlik bermayapti


Tojikiston uning hududidan o'tuvchi daryolarda gidroelektrostansiyalar qurib, energetik mustaqillikka erishmoqchi.

Bu bilan Tojikiston energiya ekporti bo'yicha yetakchi davlatga aylanishi mumkin.

Amudaryoning Panj irmog’ida quvvati 4000 megavattga teng GES qurish mo’ljallangan.

Vaxsh va Zarafshon daryolarida ham stansiyalar bunyod etish rejalangan. Bu loyihalar amalga oshsa, respublika yiliga 60 milliard kilovatt energiya ishlab chiqaruvchi qudratli manbaga ega bo’ladi.

Panj irmog’ida qurilishi ko'zlangan to’g’onning sig’imi 18 kilometr kub atrofida bo’lib, suvdan ham Tojikiston, ham Afg’oniston foydalanadi.

Jamiyatshunos olim Ilhom Yusupov Tojikiston energetiklarining bu rejalarini gidroimperiyaga da’vogarlik deb hisoblaydi.

“Dashtijumda GES qurilishi uchun kamida 3 milliard dollar zarur. Boshqa GESlarga ham kamida 2 milliard dollar kerak bo’ladi. Bu to’g’onlar mintaqadagi daryolar hisobiga to’ldiriladi. Tabiiyki, mazkur loyihalar O’zbekiston va Qozog’istonga ta’sir etmay qolmaydi”.

Rog’undagi, Vaxsh daryosidagi, GESning Rossiya ko’magida barpo etilishi rejalangan.

O’zbekiston e’tirozini inobatga olgan Rossiya bu to'g'onni Tojikiston istaganidek baland qilmoqchi emas.

Mutaxassislar nazarida maqsad elektr quvvati olish bo’lsa, 280 metr balandlikda to’g’on qurish kifoya.

Rasmiy Dushanbe esa to'g'onning 330 metr balandlikda bo'lishini istamoqda.

Tojikistonlik bir olimi buni shunday izohlaydi: “Biz o’z yerimizda ish yuritmoqdamiz. O’z yerimizda ham to’g’on qurishga haqqimiz yo’qmi?”- deydi u.

XS
SM
MD
LG