Lebedev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining yangi ijrochi kotibi


Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)rahbarlari Tojikiston poytaxtida uchrashmoqda.

Anjumanda Rossiya Tashqi razvedka agentligi rahbari Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo’mitasi ijrochi kotibi etib tayinlangan. Shu paytgacha bu lavozimda Vladimir Rushaylo xizmat qilib kelgan.

A'zo davlatlar tashkilotni isloh qilish, mamlakatlar aro migratsiya, iqtisodiy aloqalar va savdo masalalarini muhokama qilmoqda.

Sammit oldidan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga a’zo davlatlar Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarkibidagi mamlakatlar bilan hamkorlik to’g’risida memorandum imzolagan. Maqsad - xalqaro jinoyat, terrorizm va qoradori savdosiga qarshi birgalikda kurashish.

MDHning kelasi sammiti Qirg’izistonda o’tadi.

XS
SM
MD
LG