AQSh sobiq vitse-prezidenti Al Gor - Nobel Tinchlik mukofoti sohibi

  • Amerika Ovozi

AQSh sobiq vitse prezidenti Al Gor va BMTning Iqlim o’zgarishi bo’yicha qo’mitasi Nobel tinchlik mukofotiga loyiq deb topilgan.

Sovrindorlar global iqlimdagi salbiy o’zgarishlarni ko’tarib chiqqani, jamiyatda bu borada targ’ibot ishlari olib borgani uchun taqdirlanmoqda.

Nobel mukofoti qo’mitasi Al Gorni “atrof-muhit muammolari bobida jonbozlik ko’rsatgan siyosiy arbob”, BMT qo’mitasini esa “insonning iqlim isishiga ta’siri haqida keng axborot bergan tuzilma” deya ta’riflagan.

BMT qoshida yig’ilgan minglab olim va mutaxassislar iqlim isishi sabablari va oqibatlarini o’rganib chiqib, davlatlarga uning oldini olish uchun nima qilmoq zarurligi haqida maslahat bermoqda.

Al Gor 1977-1993 yillarda AQSh Kongressi a’zosi, 1993-2001 yillarda esa vitse-prezident bo’lgan. 2000 yilda prezidentlik uchun kurashib, Jorj Bushga boy bergan. Shundan so’ng butun e’tiborini iqlim va atrof-muhit muammolariga qaratishga ahd qilgan.

Tinchlik bo’yicha Nobel mukofotini qo’lga kiritgach, Al Gor AQSh prezident saylovlarida o’z nomzodini qo’yishi mumkin degan taxminlar bor. Lekin Al Gor bu borada anchadan beri yangrayotgan chaqiruv va shov-shuvlarga “yo’q, prezidentlik uchun harakat qilmayapman” deb javob berib keladi. Siyosiy sharhlovchilar nazarida esa Al Gor qarorini o’zgartirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG