Turkiya Qo'shma Shtatlardan norozi

  • Amerika Ovozi

AQSh Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi 1915-1923 yillar orasida usmoniy turklar tomonidan yuz minglab armanning qirib tashlanganini genotsid deb ta’riflovchi rezolyutsiya loyihasini ma’qullagan. Masala Vakillar Palatasida ovozga qo’yiladi.

AQSh Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi masalani kelasi oy ovozga qo’ymoqchi. Palataning 224 a’zosi rezolyutsiya loyihasini qo’llab-quvvatlagan.

Nensi Pelosi fikricha qatliomni genotsid deb tan olishdan boshqa iloj yo’q.

Turkiya bu kabi chiqishlarni qoralab, Vashingtondagi elchisini Anqaraga maslahatga chaqirgan.

Turkiya bosh vaziri maslahatchisi Egemen Baish AQSh qonunchilari qarorini katta xato deb atab, buning oqibatlari yaxshi bo’lmaydi deydi. Rezolyutsiya qabul qilinadigan bo’lsa, Turkiya hukumati unga mos javob qaytaradi, deydi u.

"Turkiya AQShga naqadar muhim? Amerika bizga shuni aytsin. Biz muhim davlat bo’lsak, unda kurd jnagarilariga qarshi kurashda yordam bersin",- deydi Begemen Baish.

AQSh Turkiya bilan harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga ega. Iroqdagi urushda Turkiya Vashington bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.

Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi nazarida rezolyutisya AQSh-Turkiya aloqalariga ziyon yetkazmaydi.

“Qo’shma Shtatlar va Turkiya munosabatlari g’oyat mustahkam va shunday bo’lib qoladi. Gap Rajap Erdog’an hukumati emas, Usmoniylar Imperiyasi haqida ketmoqda”, - deydi spiker.

Prezident Bush esa o’tmishdagi xatolar emas, bugungi hamkorlik muhimroq deydi. Rezolyutsiya loyihasini tanqid ostiga olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG