AQSh Mongoliyaga keyingi besh yilda 285 million beradi


AQSh keyingi “ming yillikdagi vazifalar” degan dastur doirasida rivojlanayotgan va demokratiya tomon harakat qilayotgan davlatlarga maxsus sinov asosida ko’mak ko’rsatadi.

Yordamni olish uchun mamlakatda islohotlar jadal amalga oshirilayotgan bo’lishi lozim.

Mongoliya rasmiy Vashington nazarida taraqqiy etishga urinmoqda va xalqaro hamjamiyatdan kam yordam oladigan mamlakat.

AQSh beradigan 285 million dollarning asosiy qismi Mongoliya temir yo’l tizimini yangilash, qurilish va ta’lim uchun sarflanadi. Pulning qanday sarflanayotgani AQSh rasmiylari tomonidan kuzatiladi, tekshiriladi.

"Bu yordam",- deydi Mongoliya prezidenti Enkbayar Oq Uyda Jorj Bush bilan uchrashuvi ketidan, "xalqimni Amerika bilan yaqinlashtiradi. Hamkorlikning yangi bobini ochadi".

Prezident Bush fikricha esa "Mongoliya tinch va farovon mamlakat". Shu bois ham AQShning yordami yaqin kelajakda katta samara beradi.

Ming yillikdagi vazifalar dasturi asosida yordam puli olgan davlatga qator shartlar qo’yiladi. Oshkoralik talab qilinadi. Pulning kiritilishi uchun bank tizimi ishonchli va mustahkam, korrupsiya darajasi past bo’lishi kerak.

Pul birdaniga emas, asta sekin kichik miqdorda ajratilgani uchun davlat har safar sinovdan o’tkaziladi. AQSh pulning behuda ishlatilayotganini bilsa, yordam darhol kesiladi. Hozirda Amerika bu dastur asosida dunyoning atigi 15 mamlakatiga yordam bermoqda.

XS
SM
MD
LG