Breaking News

O'zbekistonda jurnalistlar Alisher Soipovning o'limidan qayg'uda


O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida Alisher Sopipov o`limi haqida xabar berilmagan.

O`zbekistondagi ko`pchilik jurnalistlar Alisherni maqolalari orqali taniydi. Alisher otib o`ldirilgani haqidagi xabar ko`pchilikni sarosimaga solgan.

Jurnalistlar Alisherga uyushtirilgan suiqasd uning kasbiy faoliyati bilan bo`gliq ekaniga shubha qilmaydi.

“Juda kutilmagan hodisa. Birinchidan, Alisher yosh, navqiron, kurashchan edi. O`shda bizning maslakdoshimiz, ovozimiz, hamfikr do`stimiz edi”, - deydi mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov.

Uning aytishicha, agar Alisher hech kim tanimaydigan oddiy savdo xodimi bo`lganida bunday fojia ro’y bermas edi.

“O`zining o`tkir chiqishlari, o`tkir so`zlari bilan kimningdir g`ashiga tekkan bo`lishi tabiiy”, - deydi u.

Alisher Soipovni yaqindan tanigan jurnalistlardan biri shunday deydi:

“Alisherni jurnalistikadan boshqa ish bilan shug’ullanganini eshitmaganman. Yil boshidan boshlab chiqargan “Siyosat” gazetasi qanchalik mashur bo`lganini va nechog`lik odamlarni g`ashiga tegib kelganini tanishlarimiz orqali eshitganmiz”, - deydi mustaqil jurnalist.

Ayrim mulohazalarga ko`ra, Alisher yosh bo`lishiga qaramasdan mintaqaning ko`zga ko`ringan jurnalisti sifatida tanilgan.

Shoir Yusuf Juma fikricha Alisher Qirg’izistonda yashayotib, asosan o`zbeklar hayoti, huquq va manfaatlari haqida yozgan. Uning o`limini milliy fojia deydi shoir.

Alisher Soipovning dafn marosimida ishtirok eta olmagan do`stlari, kasbdoshlari uning yaqinlariga hamdarlik bildiradi.

XS
SM
MD
LG