Breaking News

O'zbekiston matbuot erkinligi bo'yicha  jahonda eng qoloq davlatlardan


“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko'ra O`zbekiston matbuot erkinligi bo'yicha dunyoda 160-o`rinda. Turkmaniston 167, Qozog`iston esa 125-o`rinlarni egallaydi.

O`zbek matbuotidagi vaziyat o`zgarmagan, ko'pchilikni qiziqtira oladigan tanqidiy maqolalar uchramaydi. Mustaqil jurnalistlarga nisbatan ta`qib kuchaygan.

Yaqinda jurnalisti Sid Yanishev kaltaklab ketilgan edi.

Bugun yana bir mustaqil jurnalist Dilmurod Said jurnalistik faoliyati yuzasidan prokuraturaga chaqirtirilgan.

“Qani, nima yozilgan ekan deb qarasam, “Dilmurod Saidning 2006-2007 yillarda internetda chiqqan maqolalari jurnalistlar haqidagi qaysidir qonunning 6-moddasiga to`g`ri kelmasligi o`rganilib, chora ko`rish kerak” deb yozilgan ekan”, - deydi jurnalist.

Dilmurod Said huquq masalalarini yoritadi. Jurnalist O`zbekistonda inson huquqlari poymol etilayotgani haqida o`nlab maqolalar e`lon qilgan.

“O`ylaymanki mahalladagi, tumandagi kamchiliklar, tuman prokuraturasiga bildirgan e`tirozlarim bunga sabab bo`lgan. Internetda maqola yozishni taqiqlovchi qonun yo’q”, - deydi jurnalist.

O`zbekiston axborot vositalarida ishlaydigan jurnalistlar senzura mavjudligi haqida ochiq gapirishdan qo'rqadi.

O`zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining raisi Sherzod G`ulomov fikriga ko`ra, matbuotida sakkiz yuzga yaqin turli nashrlar bor. Hech kim ularga nima yozish haqida buyruq bermaydi.

Tuman gazetasida bosilgan tanqidiy maqolalari uchun turli hujumlarga uchragan jurnalist va yozuvchi Rajabboy Raupov ta’biricha, O'zbekistonda haqiqiy matbuot yo'q.

“Ketma-ket adolatsizliklarga uchragandan keyin shu xulosaga keldimki, men matbuotdagi soxtaliklarni o`rganib, bu haqda o`z xulosalarimni aytishim kerak. Har bir holat, muammo gazetada to'g'ri aks ettirilsa, o`rganilsa, jamiyatdagi ko`p muammolar hal bo`ladi”, - deydi Rajabboy Raupov.

XS
SM
MD
LG