Breaking News

Markaziy Osiyoni Yevropaga bog'lovchi yangi ipak yo'li


Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy mintaqa infratuzilmasini yaxshilashga kelishib olgan. Maqsad Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lagan qadim Ipak Yo’liga o’xshash zamonaviy bir tizim yaratish.

Buyuk Ipak Yo'li Sharqiy Osiyodan Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika sohillarigacha yetgan yirik savdo tizimi bo'lgan.

Markaziy Osiyo 1991 yilda dunyoga ochilganida g’arbu-sharqda bu yo’l tiklanadi deya katta umidlar bog’langan edi. Hozirgacha Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida hamda davlatlar-aro qilingan katta rejalar va loyihalar faqat qog’ozda qolib ketayotgan edi.

Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O’zbekiston, Afg’oniston va Mongoliya, kelasi 10 yil ichida mintaqa infratuzilmasi, savdo va transport yo'llarini takomillashtirishga kelishib olgan. Loyiha 18 milliard dollarga teng deb baholanmoqda. Mablag’ning bir qismini Osiyo Taraqqiyot Banki beradi.

Bank xodimi Shon Sallivanning aytishicha, maqsad – mintaqaviy savdo uchun imkoniyatlar ochish, g'arb-u sharqni bir-biriga yaqinlashtirish. Hozirda asosiy muammolar aynan infratuzilma va yopiq chegaralar.

Loyiha Markaziy Osiyo davlatlari, hamda Rossiya va Xitoyni Sharqiy Osiyo va Fors ko’rfazi bilan bog’lovchi yo’llar ochishni ko’zlaydi.

Rasmiylarning aytishicha, loyihani amalga oshirish uchun mablag’ning deyarli yarmi unda ishtirok etayotgan sakkiz davlatdan keladi. Qolganini Osiyo Taraqqiyot Banki va xalqaro tashkilotlar ta'minlaydi.

XS
SM
MD
LG