Breaking News

Jahon bo'ylab bozor va iqtisod erkinlashib bormoqda


Estoniya iqtisodiy erkinlik bobida ildam qadam tashlayotgan davlatlardan biri.

Vashingtonda joylashgan KATO (CATO ) ilmiy tadqiqot instituti shunday xulosa qilmoqda.

Iqtisodchi olimlar nazarida 16 yil avval mustaqillikka erishgan sobiq Sovet davlatlari orasida bugun eng ilg’orlari Boltiq dengizi bo’yida.

Iqtisodiy erkinlik bobida har doimgidek Gong-Kong, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveytsariya, AQSh va Britaniya eng yuqori o’rinlarni egallagan.

Izlanish muallifi, professor Jeyms Gvortnining aytishicha yosh davlatlar orasida iqtisodiy islohotlar Qisqa muddat ichida Estoniya iqtisodiyotida katta o’zgarish qildi. 1995 yilda Estoniya iqtisodiy erkinlik borasida 70-71 o’rinlarda turgan bo’lsa, hozirga kelib sakkizinchi pog’onadan joy olgan, deydi professor Gvortni.

Mutaxassislar nazarida rasmiy Tallin banklar va xususiy sektorni erkinlashtirishni mamlakat ravnaqining asosi deb biladi.

Bugungi kunda iqtisodi tamoman zaif davlatlar qatorida Birma va Zimbabveni ko’rasiz.

Iqtisodiy erkinlikni belgilashda hukumat hajmi, qonun ustuvorligi, valyuta erkinligi, erkin savdo, biznes va ishsizlik darajasi hisobga olinadi.

Professor Gvortnining aytishicha, mustaqil adliya tizimi va mulkka egalik qilish huquqi katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, deydi u, xususiy shartnoma tuzish ham osonlashishi lozim.

Tahlilchilar hisobicha so’nggi o’n yil ichida jahon iqtisodiyoti ancha erkinlashgan. Xitoy va Hindiston bu borada ijobiy natijalarni qo’lga kiritmoqda, deydi professor Gvortni.

Bozor iqtisodiyoti ahvolini tez tez baholab turuvchi yana bir tashkilot bu Jahon Banki.

Kambag’al davlatlarga qarz beruvchi bankka ko’ra, kompaniyalar yoki shaxslarning biznes ochishi, ishchilarni yollashi, mulkni ro’yxatdan o’tkazishi osonlashmasa, soliq tizimi va kredit olish sistemasi korrupsiyadan tozalanmasa va oydinlashmasa, chegara va bojxona xizmatlaridan foydalanish murakkabligicha qolaversa, hech bir jamiyatda iqtisodiy taraqqiyot bo’lmaydi. Yulg’ichlik iqtisodiyotni zaiflashtiruvchi asosiy omil deydi tahlilchilar.

Jahon Banki xodimi Semyon Dyankov muvaffaqiyat qozongan davlatlarni sanab o’tadi:

"Xorvatiya, Makedoniya, Bolgariya va Gruziya ancha oyoqqa turdi", - deydi olim.

O’zbekiston iqtisodiyot oqsab qolgan mamlakatlar qatorida. Savdo va moliyaviy operatsiyalar erkinligi borasida 132-o’rinda. Mutaxassislarning aytishicha, O’zbekistonda bank tizimi, sarmoya va savdo hamon hukumat qo'l ostida.

Nisbatan erkin yo’nalishlar qatorida mehnat bozori, soliqlarning kamaytirilayotgani qayd etiladi. Biroq baland narhlar inflyatsiyaning 17 foizga ko’tarilishiga olib kelgan.

XS
SM
MD
LG