Islom Karimov - prezidentlikka rasman nomzod


O’zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzoulug’bek Abdusalomovning aytishicha, rezpublikada to’rt kishi prezidentlik uchun nomzod sifatida ro’yxatdan o’tgan.

Biri amaldagi rahbar Islom Karimov. Konstitutsiya avval ikki bor saylangan Karimovga uchinchi bor nomzodligini qo’yishga ruxsat bermaydi. Saylov komissiyasi bu borada biror narsa demagan.

Qolgan nomzodlar- O’zbekiston Demokratik partiyasidan Asliddin Rustamov, Adolat partiyasidan Dilorom Toshmuhamedova va saylov arafasida tuzilgan tashabbuskorlar guruhidan Akmal Saidov.

Karimov Liberal-demokratlar partiyasidan ko’rsatilgan. Tanqidchilar Karimovni O’zbekistonning bosh qonunini buzayotganlikda ayblamoqda.

Tashqi dunyodan O'zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlariga nisbatan hozircha rasmiy munosabat bildirilmagan.

AQSh diplomatlari saylov adolatli o'tishi kerak deyish bilan cheklanmoqda.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham ahvolni kuzatib turganini aytadi xolos.

Saylov komissiyasi raisi o'z chiqishlarida O'zbekistonga xayrixoh davlat va tashkilotlarning vakillari kuzatuvchi sifatida tashrif buyuradi deb kelmoqda.

XS
SM
MD
LG