Yevropa hozircha Turkiyaga "yo'q" demoqda


Yevropa Ittifoqi nazarida Turkiyada so’z erkinligi cheklangani bois bu mamlakatning ittifoqqa qo’shilishi qiyin kechmoqda.

Turkiya adliya tizimini isloh qilishi, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishi va harbiylar vakolatini kamaytirishi kerak, deyiladi Yevropa Ittifoqi chiqargan hujjatda.

Ittifoqning ijroiya organi Yevropa Komissiyasi fikriga ko’ra Turkiya siyosiy islohotlarni jadallashtirishi lozim.

Yevropa Ittifoqini kengaytirish bo’yicha vakil Olli Ren Turkiya Jinoyat Kodeksining 301-bandini o’zgartirishga chaqirgan. Unga muvofiq, hukumatni yoki turklarni yomonlash va so’kish bu jinoyat. Fuqarolarni fikr bildirgani uchun ta’qib qilish demokratik jamiyatlarga to’g’ri kelmaydi, deydi u.

Tahlilchi Maykl Emerson nazarida esa Turkiyaning Yevropaga qo’shilishiga qarshilar ham ko’p. Oldin Yevropa kelajagani muhokama qilib olaylik deb keladi Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi.

Hozirda Yevropa davlatlari yonilg’ini asosan Rossiyadan sotib oladi. Turkiya orqali quvur yotqizib, deydi ba’zi siyosatchilar, Yevropani Markaziy Osiyo va Eron gazi bilan ta’minlash mumkin.

XS
SM
MD
LG