BMT: O'zbekiston qiynoqlar mamlakati


BMTning Qiynoqlarga qarshi kurash qo’mitasiga ko’ra, O’zbekistonda qiynoqlarni keng qo’llash davom etmoqda. Mamlakat adliya tizimida zo’ravonlik odatiy hol.

Qo’mitaning 10 a’zosi O’zbekiston qatorida Benin, Estoniya, Latviya, Norvegiya va Portugaliyadagi huquq ahvolini ham o’rgangan.

“O’zbekistonda qiynoqlar sistematik tarzda qo’llanadi. Huquq-tartibot xodimlari va tergovchilar qo’lga olingan shaxslardan ma’lumot olish yoki ularga ayb qo’yish uchun vahshiy, g’ayri-insoniy va ularni xo’rlaydigan usullardan foydalanadi,” deyilari BMT qo’mitasining to’qqiz sahifali hisobotida.

Qo’mita a’zolarining aytishicha, qiynoqlar haqida yuzlab shikoyatlar olingan, ulardagi da’vo va ma’lumotlar o’xshash.

Huquq faollarining so’zlariga ko’ra, yaqinda O’zbekistonda o’lgan ikki mahbusning jasadida qiynoq alomatlari aniqlangan. Har ikkisi diniy ekstremizmda ayblanib, Andijondagi qamoqxonada jazo muddatini o’tayotgan bo’lgan.

O’zbekistonning Jenevadagi vakillari barcha ayblovlarni rad etmoqda.

XS
SM
MD
LG