Breaking News

Qirg'izistonda taniqli muxolifatchi saylovlardan chetlashtirilgan


Qirg’izistonda kelasi hafta bo’ladigan parlament saylovlarida qatnashish uchun o’z nomzodini qo’ygan muxolifat vakili Edil Baysalovga qarshi jinoiy ish qo’zg’atildi. U saylovchilar huquqlariga tajovuz qilayotganlikda ayblanmoqda. Saylov komissiyasiga ko’ra, Baysalov noqonuniy ravishda rasmiy saylov byulleteni tasvirini o’z Internet sahifasida joylashtirgan va bu harakati uchun nomzodlar ro’yxatidan olib tashlangan.

Tergovchilar nazarida saylov byulletenini oshkor qilish soxtalashtirish hollariga olib kelishi mumkin, shu bois saylov byulleteni o’zgacha ishlanib ikki milliondan ziyod nusxada qayta bosilgan. Sotsial-demokratlar partiyasi a’zosi Baysalov ayblovlarni rad etmoqda.

Uning partiyasiga 16 dekabr saylovlarida prezident Qurmanbek Bakiyevning “Aq Jol” partiyasiga jiddiy raqib sifatida qaralmoqda.

XS
SM
MD
LG