Xitoyliklar AQShda bilim olib, vatanini boyitmoqda


Qo’shma Shtatlar jahon iqtisodiyotining tayanch-ustunlaridan biri.

Yarim asrdan beri AQSh dollari gegemon valyuta sifatida xizmat qilib keladi, ammo so’nggi paytlarda ancha qadrini yo’qotgan.

Lekin global savdoning yirik qismi hamon dollarda hisob-kitob qilinadi.

Ko’pchilik AQShni biznes, moliya, boj va soliq tizimlari bo’yicha o’quv va malaka oshirish maskani deb biladi va biznes sirlarini shu yerga kelib o’rganishga intiladi.

Qo’shma Shtatlarda ko’plab xorijlik yoshlar o’qiydi. Aksariyati Hindiston va Xitoyda.

Kaliforniya Universiteti professori Kent Mayer xitoylik talabalarga xalqaro hisob-kitob va buxgalteriyadan saboq beradi. Dars avvalida xalqaro maydonda ro’y berayotgan voqealar muhokama qilinadi.

Professor Mayersning aytishicha, juda ko’p mavzu va materillarni qamrab ulgurish kerak. Ingliz tilini endi-endi o’rganayotgan chet ellik talabalarga oson emas.

"Til masalasi eng jiddiy to’siqlardan. Hisob-kitob, soliq konsepsiya-qoidalari u qadar qiyin bo’lmasa-da, mavzuga chuqurroq kirar ekansiz, atama-terminlarni bilish as qotadi", - deydi professor.

Studentlarning ko’pi 20-30 yoshlar atrofida. Xitoydagi Xubey Soliq Idorasida ishlaydi. Jenni Luoning aytishicha, Xitoy darvozalarini g’arb kompaniyalariga kengroq ochmoqda.

"Til, xalqaro biznes va soliq qoidalarini bilgan mutaxassislarga talab ortyapti", - deydi u.

So’nggi paytlarda Xitoy o’z fuqarolarini Qo’shma Shtatlarga, umuman, g’arb davlatlariga jo’natishga moyillik bildirmoqda. Biroq viza olishdan avval ular vatanga qaytishga so’z berishi kerak.

AQShning turli burchaklarida Xitoydagi inson huquqlari ahvoli tanqid ostiga olinib, namoyishlar o’tib turishi oddiy hol. Shunday namoyishlarning biriga xitoylik talabalar ham taklif qilingan. Kaliforniya Universiteti xodimi Bernadet Xolbrukka ko'ra:

"Ularning maqsadi - Qo’shma Shtatlarda o’qish. Talabalar hukumat vakili sifatida kelmagan va ularning siyosatga aloqasi yo’q".

XS
SM
MD
LG